09:36 / 06.10.2015
3299

AQSh Davlat Departamenti: Qunduzdagi shifoxona o‘qqa tutilishi borasida uchta surishtiruv olib borilmoqda

Afg‘onistonning Qunduz shahrida joylashgan “Chegarasiz shifokorlar” gumanitar tashkilotining tibbiy markazi bombardimon qilinishi uchta mustaqil komissiya tomonidan taftish qilinmoqda.

Bu haqda AQSh Davlat Departamenti vakili Mark Toner ma'lumot berdi.
“AQSh mudofaa vazirligi, NATO missiyasi va yana bir qo‘shma AQSh-Afg‘oniston komissiyasi taftish o‘tkazmoqda, - dedi u. – Bu juda murakkab vaziyat. Biz ma'lumot to‘plashda davom etmoqdamiz”.

Yana biror tekshiruv o‘tkazilishi mumkin-mumkin emasligi haqidagi savolga javob berarkan, Toner “hozircha shu uch taftishning o‘zi yetarli” ekanligini ta'kidladi.

Top