08:06 / 06.10.2015
2611

AQSh sharqidagi toshqin qurbonlari 12 nafarga yetdi

Kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida kelib chiqqan toshqin oqibatida AQShning Janubiy va Shimoliy Karolina shtatlari halok bo‘lganlar soni 12 nafarga yetdi.

Bu haqda mahalliy hukumat vakili xabar bermoqda. Avvalroq 8 nafar kishi halok bo‘lgani haqida ma'lum qilingan edi.
Ayni damda hududda kuchli yomg‘ir to‘xtagan, biroq suv hamji hamon o‘sha-o‘sha bo‘lib, qaltisligicha turibdi. Hukumatning ma'lum qilishicha, shtatlarning markaziy qismidagi to‘rtta to‘g‘onda favqulodda holat e'lon qilingan.

Qutqaruvchilar mahalliy aholini xavf yuqori bo‘lgan tumanlardan ko‘chirishmoqda. Minglab odamlar elektr quvvati va toza ichimlik suvisiz qolmoqda.

Top