11:12 / 06.10.2015
3983

Belgiya qirg‘oqlari yaqinida tanker bilan to‘qnashib ketgan yuk kemasi cho‘kib ketdi

Belgiya bayrog‘i ostida suzgan yuk kemasi 6 oktabrga o‘tar kechasi Shimoliy dengizdagi Belgiyaning Zebryugge tumani hududida suyuqlik tashuvchi tanker bilan to‘qnashishi natijasida cho‘kib ketdi. Mazkur kema bortidagi 12 nafar ekipaj a'zolarining barchasi qutqarib olindi, deya ma'lumot berdi G‘arbiy Flandriya provinsiyasi gubernatori Kar Dekalyuve.

Kemaning qanday yuk tashigani, tankerga qay darajada shikast yetgani va to‘qnashuv natijasida kimningdir jarohat olgani to‘g‘risida xabar qilingani yo‘q.

Dekalyuve so‘zlariga ko‘ra, mutaxassislar dengiz transporti vositalari to‘qnashuvidan atrof-muhitga yetkazilgan zarar miqdorini aniqlashga kirishishgan. Avariya sodir bo‘lgan hududda Belgiya va Niderlandiya qutqaruv xizmatlari ish olib bormoqda.

Top