14:57 / 06.10.2015
15985

Chikago o‘zbeklarida Hoji Bobo Qor Boboning o‘rnini bosmoqda

AQShning Chikago shahrida istiqomat qiluvchi o‘zbek diasporasida o‘ziga xos an'ana shakllanib qoldi. Aytilishicha, u musulmon an'analari bilan bir qatorda o‘zbek o‘zligini saqlab qolishga ham ma'lum yordam beradi.

Iyd al-Fitr va Iyd al-Adha hayitlarida, shuningdek, Navro‘z bayrami arafasida Chikagoga Hoji Bobo kelib, bolalarga sovg‘alar ulashadi.
Kontseptual jihatdan bu Qor Boboga o‘xshash obrazdir. Lekin u, Qor Bobodan farqli o‘laroq, yiliga 3 marotaba, shimoldan emas, janubdan – Arabiston yarim orolidan keladi, sovg‘alar beradi hamda bolalarning o‘z tili va madaniyatini unutmasligi uchun ma'lum topshiriqlar beradi.

Hoji Bobo bolajonlarga beradigan savollarning ayrimlari quyidagilardir:
O‘zbekiston prezidentining ismi nima?
O‘zbekistonda nechta viloyat bor?
Alisher Navoiy kim?
Payg‘ambarimiz kim?
Islomning asosiy kitobi qaysi?
Ushbu an'ana chikagolik o‘zbeklar hayotiga shu qadar o‘rnashib qolganki, bolalar har yili tilga olingan bayramlarda Hoji Boboni intiq bo‘lib kutishadi.

Top