14:34 / 06.10.2015
7768

Chimkentda mashina oyoq kiyim do‘koni ichiga kirib ketdi

Chimkentda Daewoo Nexia rusumli avtomobil, trotuar va gazondan “uchib” o‘tib, oyoq kiyim do‘koniga kirib ketdi. Voqea 5 oktabr kuni sodir bo‘ldi.
Butik yer osti qavatida joylashgan. Mashina uning derazalarini sindirdi, ichkaridagi jihozlarga ham ziyon keltirdi.

Mashina ichida haydovchi bo‘lmagani aniqlandi. Uning 44 yoshli xo‘jayini mashinani yo‘l chetiga qo‘yib, do‘konga kirib ketganini ma'lum qildi. Uning cho‘ntagidagi pult bosilib ketishi oqibatida mashina avtomatik tarzda o‘t olgan.
Voqeada hech kimga ziyon yetmadi.

Top