15:29 / 06.10.2015
6594

Emirates aviakompaniyasining Jyennifer Eniston ishtirokidagi reklamasi roligi 1 kunda 1,1 mln marta ko‘rildi

Emirates Airline aviakompaniyasining Gollivud aktrisasi Jyennifer Eniston ishtirokida olingan reklama roligi namoyish etildi. Ushbu reklama ifodalangan video aviakompaniyaning feysbukdagi sahifasiga joylashtirilgach, 1 kun ichida 1,1 million martadan ortiq tomosha qilingan.

Reklama syujyetiga ko‘ra, Eniston tushida Airbus A380 layneri bortida dush va bar izlab, yurganini ko‘radi. Uning tushidagi styuardessalar va uchuvchilar mijozning istaklaridan kulishadi.

Shunda aktrisa Emirates Airline samolyoti bortida uyg‘onib ketadi va haqiqiy haytda o‘zi istagan barcha narsa muhayyo ekanini ko‘radi. U o‘zining dahshatli tushi haqida shu samolyot barmeni bilan suhbat vaqtida aytib beradi.

Avgust oyida Gollivud aktrisasi Jyennifer Eniston Birlashgan Arab Amirliklarining Emirates Airline kompaniyasi yuziga aylangani haqida xabar berilgandi.

Undanda oldinroq esa, ushbu aviakompaniya Krishtianu Ronaldu bilan hamkorlik qila boshlagandi.

Sentyabr oyi oxirida Airline Passenger Experience Association bu aviatashuvchini dunyodagi eng yaxshi aviakompaniya sifatida e'tirof qilgandi. Kompaniya 13ta nominatsiyadan 7tasida g‘olib bo‘lgan.

Top