00:12 / 06.10.2015
4303

Erdo‘g‘on bo‘lajak Yevroittifoqni Turkiyasiz tasavvur eta olmasligini aytdi

Turkiya prezidenti Rajab Erdo‘g‘on Yevropa Ittifoqi mamlakatlari yig‘ilishida o‘zining kutilmagan qarorini e'lon qildi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».

“Yevroittifoq uchun Turkiyani o‘z safiga qo‘shish va uning hududiy muammolarini hal etish o‘ta muhim. Yevroittifoq kelajagini Turkiyasiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Men janob Tusk bilan suhbatlashganimda ham shu haqda gapirib o‘tdim. YeIga a'zo bo‘lish, bizning strategik tanlovimizdir”, — deb aytib o‘tgan Erdo‘g‘on Yevropa Ittifoqi rahbari Donld Tusk bilan uchrashuv so‘ngida.

Top