16:52 / 06.10.2015
3744

Yevroittifoqdagi 8 mln dizelli avtomobil Volkswagen atrofidagi mojarolar girdobiga g‘arq bo‘ldi

Volkswagen avtokonserni rahbariyati tomonidan ekologik testlar ma'lumotlarini soxtalashtirilishi bilan bog‘liq mojarolar Yevropa Ittifoqidagi 8 mln dona atrofidagi avtomobilni qamrab oldi. Bu haqda Deutsche Welle kompaniya vakili ma'lumotiga asoslanib xabar berdi.

Uning aytishicha, hajmi 1,2 litr bo‘lgan dvigatellarga ham chiqayotgan zararli moddalarning haqiqiy miqdorini kamaytirib ko‘rsatuvchi dasturiy ta'minot joylashtirilgan.

Handelsblatt nashrining qayd etishicha, Volkswagen avtokonsern zavodlari joylashgan hududlardan saylangan Bundestag deputatlariga xatlar tarqatgan. Mazkur maktublarda avtokonsern rahbariyati “bir guruh shaxslarning noloyiq xatti-harakati” uchun siyosatchilar oldida uzr so‘ragan va nemis hamda amerikalik yuristlar ko‘magida sinchkovlik bilan tergov olib borishga va'da bergan.

Xabar qilinishicha, Volkswagen atrofidagi mojarolar butun dunyodagi 11 mln donaga yaqin dizel yonilg‘isi bilan harakatlanuvchi avtomobillar uchun daxldor.

Top