08:15 / 06.10.2015
3143

Fabio Kapello: Mourinoning "yaroqlilik muddati" 1,5 yilga teng

Italiyalik futbol mutaxassisi Fabio Kapello Londonning "Chelsi" klubi bosh murabbiyi Joze Mourino haqidagi fikrlarini bildirdi.

"Mourino - strategiyani yaxshi biladigan murabbiy. U hozir qiyin vaziyatni boshidan kechirmoqda. U klubdan o‘ziga ishonish-ishonmasliklarini so‘rashgacha borib yetdi. Klub esa uni qo‘llab-quvvatlashini ma'lum qildi.

Joze - ajoyib murabbiy, ammo u bir yarim yilda futbolchilarini ruhan azoblaydi. Natijada o‘yinchilar hech narsa qila olishmaydi va safdan chiqishadi. Uning ko‘rsatmalarni bajara olishmaydi.

Odatda Mourino taxminan bir yarim yil davomida yaxshi natijalar ko‘rsatadi. Uning "yaroqlilik muddati 1,5 yilni tashkil qiladi", - deydi u.

"Chelsi"ga hozirda barqarorlik, o‘yin tempi va tajovvuzkorlik yetishmayapti. Ivanovich avvalgidek o‘ynay olmayapti. Kurtuaning o‘rni bilinib qolmoqda", deydi Kapello Paolo Di Kanio muallifligidagi House of Football ko‘rsatuvi (Fox Sports) kanali orqali.

Top