15:53 / 06.10.2015
5425

Fizika bo‘yicha Nobel neytrino ostsillyatsiyasi uchun berildi

Fizika bo‘yicha 2015 yilgi Nobel mukofoti sovrindorlari neytrino ostsillyatsiyasini ochgan Takaaki Kajita va Artur MakDonald bo‘lishdi.

Mukofot ularga “neytrino o‘z mohiyatini o‘zgartirishi mumkinligini ko‘rsatadigan tajribalarga qo‘shgan hissasi uchun” berildi.

“Kashfiyot moddaning ichki mexanizmlari haqidagi tasavvurlarimizni o‘zgartirib yubordi va koinot haqidagi tasavvurlarimizda yetakchi o‘rin egallashi mumkin”, - deb ta'kidlandi xabarnomada. Yangi ming yillik arafasida Takaaki Yaponiyada detektorda atmosfera neytrinolari bir holatdan ikkinchisiga ko‘chishini kashf qildi.

MakDonald boshchiligida kanadalik tadqiqotchilar guruhi esa Quyoshdan kelayotgan neytrino Yerga kelish chog‘ida yo‘q bo‘lib ketmasligini ko‘rsatib bera oldi. Ular turli shakllarda Sedberidagi observatoriyada tutib qolinadi.

Top