21:17 / 06.10.2015
4462

Hindistonda Gang daryosiga haykalchalar tashlangani sabab 50 kishi hibsga olindi

Hindistonning Varansi shahrida donolik homiysi Ganesh sharafiga o‘tkazilgan marosimda chiqqan tartibsizlik natijasida 50 nafar kishi hibsga olindi. Bu haqda PTI xabar bermoqda.

Iloh Ganesh haykalchalari Ganesha Chaturtxi festivali paytida atrof muhitga jiddiy zarar yetkazadigan parchalanishi qiyin bo‘lgan arzon plastmassalardan yasaladi. Ekologik vaziyatdan tashvishga tushgan mahalliy hukumat aholiga daryoni ifloslantirishliklarini taqiqiladi.
G‘azablangan shaharliklar ularni toshbo‘ron qilishdi. Politsiyachilar ularga rezina to‘qmoq va ko‘zdan yosh oqiruvchi gazlar bilan javob qaytarishdi.

Hozirda vaziyat barqarorlashgan, ammo shunga qaramay maktab va do‘konlar yopiqligicha qolmoqda.

Top