11:22 / 06.10.2015
9831

IShID jangarilari “pushaymon bo‘lmagan” qarindoshlarini o‘ldirish bilan qo‘rqitdi

IShIDning bir nechta terrorchilari Saudiya Arabistonidagi o‘z qarindoshlarini, agarda ular “pushaymon bo‘lmasa”, o‘ldirajaklarini aytib tahdid qilishdi. Bu video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketdi.

Bir necha kun muqaddam saudiyalik Sa'd al-Anziy o‘zining amakivachchasi Madus al-Anziyni o‘ldirgan edi. Iyd al-Adha kuni sodir etilgan bu jinoyat Saudiya ahlini dahshatga tushirdi. Oradan ikki kun o‘tib, qotil qo‘lga olindi.

Videoda IShIDning Saudiya bo‘linmasi a'zosi Jamir al-Xamaliy al-Anziy ko‘rsatiladi. U qirollik hududida ishlaydigan qarindoshlariga tahdid qiladi.
Gap shundaki, al-Xamaliyning oilasi undan voz kechib, bu haqda matbuotga bayonot bergan edi.
Xamoliy 6 yilga qamoq jazosiga hukm qilinib, keyinroq ozod qilingan edi. Shundan so‘ng u Suriyaga yo‘l oldi.

Top