08:52 / 06.10.2015
3477

Kapello: "Real" hozirda eng ishonchli jamoa, "Barselona" va "Bavariya" o‘yini esa alohida futbolchilarga bog‘liq

Italiyalik futbol mutaxassisi Fabio Kapello hozirgi paytda Yevropadagi eng kuchli bo‘lib turgan klublar borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Atletiko» hali o‘tgan yilgi saviyasiga chiqqani yo‘q. Jamoada o‘zgarishlar ko‘p bo‘ldi. Vaqt kerak. Ularga fevral-mart oylarida baho berish mumkin.

«Bavariya», aksincha, jarohatdan sog‘aygan futbolchilar hisobiga ancha kuchaydi. Lekin hamon ularning himoya chizig‘ida muammolar bor. Lekin ular «Real» va «Barselona» bilan bir qatorda Yevropaning eng kuchli 3ta klubi safiga kirishadi.

Tanlash kerak bo‘lsa, men ham "Real"ni tilga olgan bo‘lardim. Bu eng ishonchli jamoa. «Bavariya» va «Barselona» hozirda alohida futbolchilarga haddan tashqari bog‘langan», – deydi Kapello Paolo Di Kanio muallifligidagi House of Football ko‘rsatuvida.

Top