00:01 / 06.10.2015
6478

KUN.UZ dayjesti: 5 oktabrda ro‘y bergan eng asosiy yangiliklar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 5 oktabr kuni ro‘y bergan eng asosiy xabarlarni takroran havola etamiz.

Turkmaniston prezidenti O‘zbekistonga 7-8 oktabr kunlari rasmiy tashrif uyushtiradi>>

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov keyingi haftada O‘zbekistonga rasmiy tashrif uyushtiradi

OAV Suriyadan uch ming jangari qochib ketgani haqida xabar qildi>>

IShID, “Jabhat an-Nusra” va “Jaysh al-Yarmuq” guruhlarining uch mingdan ziyod jangarilari prezident Bashar Asad va Rossiya aviatsiyasi zarbalari natijasida Suriyadan Iordaniya hududiga qochib o‘tdi

Toshkentda ShHT sammiti arafasida Hyatt Regency mehmonxonasi foydalanishga topshiriladi>>

Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti arafasida xalqaro toifadagi Hyatt Regency mehmonxonasi foydalanishga topshiriladi

Obama: jahon savdosi qoidalarini faqatgina AQSh o‘rnatadi, boshqa davlatlar emas>>

AQSh prezidenti Baraka Obama 5 oktabrda Trans-Tinch okeani savdo hamkorligi haqida 12 tomonlama kelishuv tuzilgani tasdiqladi va shu munosabat bilan jahon savdosi qoidalarini boshqa davlatlar emas, aynan AQSh yozadi

Paralimpiya. O‘zbekiston vakillari Osiyo-Tinch okeani o‘yinlarida 3ta medal oldi>>

Tayoyuan shahrida (Tayvan) eshitish qobiliyatini yo‘qotgan sportchilar o‘rtasida o‘tkazilayotgan Osiyo-Tinch okeani o‘yinlarida o‘zbekistonlik taekvondochilar uchta bronza medalga sazovor bo‘ldi

Suriyalik isyonchilar mamlakatni Rossiya va Eronga qarshi birlashishga chaqirdi>>

Suriyalik isyonchilar mamlakatda Rossiya va Eronga qarshi alyans tashkil etishga chaqirdi

Isroil aviatsiyasi G‘azo sektoriga javob zarbalarini berdi>>

Isroil harbiy havo kuchlari 5 oktabrga o‘tar kechasi falastin tomonidan yuborilgan raketa zarbalariga javob qaytardi

Rossiyaning razvedkachi kemasi Suriya qirg‘oqlariga yo‘llandi>>

Rossiya harbiy dengiz kuchlari Boltiq flotiga tegishli “Vasiliy Tatishchev” razvedkachi kemasi Baltiyskdan yo‘lga chiqib, O‘rta Yer dengizining sharqiy qirg‘og‘iga, Suriya tomonga yo‘l oldi

Rossiya Turkiyaning havo chegarasini buzganligini tan oldi>>

Rossiyaning Turkiyadagi elchixonasi o‘z harbiy samolyotlari ushbu mamlakat havo chegaralari daxlsizligini buzganligini tan oldi

Suriyadagi Hmaymim aviabazasida Rossiyaning Su-30SM qiruvchilari joylashtirildi>>

Suriyaning Lataqiya shahri yaqinidagi Hmaymim aviabazasida Rossiyaning Su-30SM qiruvchilari joylashtirildi

Rossiya HKK IShIDning Idlibdagi niqoblangan bazasiga 6ta zarba berdi>>

Rossiya harbiy aviatsiyasi Suriyaning Idlib provinsiyasidagi IShID terrorchilarining niqoblangan bazasiga oltita zarba berdi

Independent: Britaniya Suriyada terrorizm hukmronligiga barham beradi>>

Yaqin kunlarda Britaniya Suriya bo‘ylab aviazarbalar beradi. Britaniya Mudofaa vaziri Maykl Fellonning ma'lum qilishicha, “boshqa mamlakatlarga Britaniya ko‘chalari xavfsiz bo‘lishi haqida qayg‘urishni taklif qilish” mumkin emas

AQSh va 11 mamlakat Tinch okeani hududi bo‘yicha hamkorlik shartnomasini tuzishdi>>

AQSh va 11 mamlakat savdo vazirlari Tinch okeani hududi bo‘yicha hamkorlik shartnomasini imzolashdi

“Muchjige” tayfuni Xitoyda vayronkor tornado keltirib chiqardi>>

Xitoyning Guandun viloyatida “Muchjige” tayfuni keltirib chiqargan bir nechta kuchli tornado qayd qilindi

Shimoliy va Janubiy Karolinada kuchli yomg‘irlar tufayli 7 kishi halok bo‘ldi>>

AQShning Shimoliy va Janubiy Karolina shtatlari hududida davom etayotgan jalalar tufayli 7 kishi olamdan o‘tgan

Top