16:13 / 06.10.2015
4321

Qibray tumanidagi IES uchun yangi tarif narxlari tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2015 yil 6 oktabr kuni Toshkent viloyatining Qibray tumanida joylashgan issiqlik energetika stansiyasi (IES) uchun alohida yangi tarif narxlarini tasdiqladi. Bu haqda "Gazeta.uz" xabar bergan.

Yangi tarifga ko‘ra issiq suv va bug‘ning narxi barcha turdagi iste'molchilar, jumladan ulgurji ravishda iste'mol qiladigan olibsotarlar va issiqxona xo‘jaligi asosida faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkorlar uchun ham bir xil narx 1 Gkal miqdori 42777 so‘m (amaldagi tarif — 41089 so‘m edi). «Issiqlik manbai» korxonasi uchun ham mazkur narx joriy qilingan. Ilgari korxona uchun 1 Gkal — 39443 so‘mni tashkil qilib kelgandi.

Mazkur tariflar barcha qo‘shimcha qiymat soliqlarini o‘z ichiga oladi. Yangi tarif joriy yilning 21 oktabr kunidan kuchga kiradi.

Top