00:44 / 06.10.2015
4335

Qozog‘iston 2014 yilda AQSh AESlari uchun uran yetkazib beruvchi eng yirik davlat bo‘ldi

Qozog‘iston 2014 yilda AQSh atom elektr stansiyalari uchun uran yetkazib beruvchi eng yirik davlat bo‘ldi. Qozog‘iston qolgan uran yetkazib beruvchilarni, jumladan Rossiyani ortda qoldirdi. Bu haqda AQSh energetika vazirligi tomonidan tayyorlangan bayonotda aytilmoqda.

Matbuot-bayonotiga ko‘ra, o‘tgan yili AQShning 100 ta energetik atom reaktori Qozog‘istondan 12 mln funt (5443 tonnaga yaqin) uran sotib olgan. Bu AQSh sotib oladigan barcha 53,3 mln funt uranning (24176 tonna) 23 foizini va 2013 yildagiga nisbatan 2 barobar ko‘proqni tashkil qilgan. 2013 yilda Qozog‘istondan AQShga 2948 tonna uran yetkazib berilgan.

"O‘tgan yillarda AQShga Avstraliya, Kanada va Rossiya yetakchi uran yetkazib beruvchilar bo‘lgan edi", deyilmoqda xabarda. Xabardagi ma'lumotlarga ko‘ra, AQSh atom elektr stansiyalari sotib oladigan AQShning o‘zida olingan uranning miqdori 2014 yilda 2013 yilga nisbatan 65 foizga kamayib ketgan. Bunday keskin kamayishning sababi bayonotda keltirilmagan.

Top