00:21 / 06.10.2015
6728

Rossiya samolyotlari Homs va Halabda IShID pozitsiyalariga zarba berdi

Rossiyaning harbiy samolyotlari Suriyaning Halab viloyati yaqinida IShID jangarilari shtabi va boshqaruv punktini hamda Homs viloyatida jangarilarning texnikasi to‘plangan ikkita tumanga zarbalar berdi, natijada 20ga yaqin tank yo‘q qilindi, deb xabar berdi 5 otkyabrda Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili general-mayor Igor Konashenkov.

"Su-34 samolyotlari tomonidan Halab viloyatidagi Dayr-Xafir va Al-Bob shaharlari yaqinidagi IShID jangarilarining shtabi va boshqaruv punkti yo‘q qilindi. Aniq zarbalar natijasida terrorchilarning dala qo‘mondonlari berkinib olgan inshootlar yo‘q qilindi", deb ta'kidlagan Konashenkov.

Shuningdek, mamlakat sharqidagi Homs viloyatidagi Tadmor shahri yaqinida ikki juft Su-25M shturmchi samolyoti hamda Su-24 bombardimonchi samolyoti jangarilarning texnikalari to‘plangan ikkita tumanga zarbalar bergan.

"Hammasi bo‘lib avval jangarilar tomonidan Suriya armiyasidan tortib olingan 20taga yaqin T-55 tanki yo‘q qilindi. Tanklarning jangavor to‘plamining portlashi va yoqilg‘ining yonishi oqibatida ko‘p sonli yong‘in o‘choqlari vujudga keldi", deb qo‘shimcha qiladi Konashenkov.

Top