08:57 / 06.10.2015
4086

Turkiya HHK samolyotlari Gretsiya havo hududini muntazam buzmoqdalar

Turkiya harbiy samolyotlari 5 oktabrda Gretsiya havo hududini 4 marta buzdilar, deb xabar bermoqda "Naftemporiki" sayti.

Uchta harbiy samolyot Afina parvoz axboroti hududida parvoz qoidalarini 5 marta buzgan va 4 marta Gretsiya havo hududining Egey dengizining markaziy va janubi-sharqiy qismiga kirishdi.

Turkiya harbiy aviatsiyasi Gretsiya havo hududini muntazam ravishda buzib keladi. Gretsiya harbiy-havo kuchlari Bosh shtabi ma'lumotlariga ko‘ra, joriy yilning yanvaridan avgustigacha 101 ta harbiy samolyotlar guruhlarining 1306 ta havo hududini buzishi holati qayd qilingan. Shu jumladan, Gretsiya hududi bo‘ylab 28 ta parvoz qayd qilingan.

Top