10:24 / 06.10.2015
7806

Turkmaniston Afg‘oniston chegarasiga yangi tanklarni keltirmoqda

Oxirgi bir necha kun ichida Turkmaniston Mari viloyatiga 30ta yangi tank tashladi. “Turkmanistonning muqobil yangiliklari” agentligi Turkmaniston davlat chegara xizmatiga tayangan holda bu haqda ma'lumot bermoqda.

Bu Afg‘oniston chegarasiga qo‘shimcha harbiy kuchlar keltirilishining sabablari rasman bayon etilmadi. Qunduz Turkmaniston bilan chegarada bo‘lmasa ham, mamlakat rahbariyati Faryob va Juzjon viloyatlarida ham o‘sha voqealar takrorlanib, harbiy harakatlar boshlanishidan cho‘chimoqda.

Top