18:00 / 06.10.2015
3949

Ukraina ayirmachilari saylovlarni keyingi yilga qoldirdilar

Ukraina sharqidagi tan olinmagan Donetsk va Lugansk “xalq respublikalari” mahalliy organlarga saylovlar 2016 yilga ko‘chirilganini xabar qilishdi. Bu haqda Lugansk axborot markazi xabar berdi.

“Biz Kiyev “Minsk-2” punktlarini to‘liq bajargan taqdirda Donbassdagi saylovlarni 2016 yil 21 fevraliga ko‘chirish haqidagi taklifimiz Normand to‘rtligi tomonidan hisobga olinganini mamnuniyat bilan qayd qilib o‘tamiz”, - deyiladi xabarnomada.

Eslatib o‘tamiz, bugun Ukraina prezident Pyotr Poroshenko ayirmachilar saylovlarni qoldirishi haqidagi ma'lumotga ega ekanligini tasdiqlagan edi.

Top