07:14 / 07.10.2015
4514

Afsonaviy nemis futbolchisi Gerd Myuller Altsgeymer kasalligidan aziyat chekmoqda

Afsonaviy nemis futbolchisi Gerd Myuller Altsgeymer kasalligidan aziyat chekmoqda, deb xabar bermoqda Bild nashri.

Ma'lum qilinishicha, 69 yoshli Myuller joriy yilning fevralidan qariyalar uyida yashamoqda.

Gerd Myuller Germaniya terma jamoasi safida jahon (1974 yil) va Yevropa chempioni (1972 yil) bo‘lgan. 1970 yilda jahonning eng yaxshi futbolchisi uchun beriladigan "Oltin to‘p" mukofoti sovrindori bo‘lgan.

Altsgeymer kasalligi xotira yo‘qolishi, nutq va anglash funksiyalarining buzilishi bilan kechadigan asab kasalligi hisoblanadi. Kasal o‘zini boshqara olmaydi. Organizm funksiyalarining sekin-asta yo‘qolishi o‘limga olib keladi.

Top