07:26 / 07.10.2015
5405

Arvohlari bor eng ommaviy mehmonxonalar ro‘yxati e'lon qilindi

The Telegraph nashriyoti eng ommaviy arvohli mehmonxonalar ro‘yxatini e'lon qildi. Ro‘yxatga Yevropa, Amerika, Osiyo va Avstraliyadagi mehmonxonalar kirdi.
Ular orasida Angliyaning Surrey grafligida XVI asrda Genrixa VIII ning rafiqasi Anna Klevskiyga atab qurdirgan qasri, bugunga kelib, Oatlands Park Hotel mehmonxonasiga aylangan joy bor. U “kulrang xonim” arvohi bilan mashhur.
Los-Anjyelesdagi Hollywood Roosevelt mehmonxonasida Merilin Monroning sharpasini uchratish mumkin. Shuningdek u yerda aktyor Montgomeri Kliftning arvohi 928 xonada trombon chaladi, deb ma'lum qilishgan mehmonxona xodimlari.
Shuningdek ro‘yxatda Nyu-Yorkdagi Hotel Chelsea, Tayvandagi Grand Hyatt Hotel, Latviyadagi Karosta Prison Hostel, Italiyadagi Hotel Burchianti va yana 23 mehmonxona nomlari keltirib o‘tilgan.

Top