22:24 / 07.10.2015
4738

Blatter FIFA prezidentligidan 90 kunga chetlashtirildi

FIFAning Odob-axloq bo‘yicha qo‘mitasi tashkilot prezidenti Yozef Blatterni 90 kunga o‘z vazifalarini bajarishdan soqit qildi.

"Blatter 90 kunga chetlashtirildi. Hozircha biladiganim shu", deya Guardian nashriga ma'lumot bergan FIFA rahbari maslahatchisi Klaus Shtelker.

Eslatib o‘tamiz, Shveytsariya hukumati 24 sentabr kuni FIFA prezidenti Yozef Blatterga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atgandi.

Shuningdek, Blatter yaqin vaqt ichida o‘z xohishi bilan ishdan ketmasa, majburan ketkazilishi aytilgandi.

FIFA rahbari UYeFA prezidenti Mishel Platiniga noqonuniy tarzda 2 mln shveysar franki o‘tkazib berganlikda gumon qilinmoqda.

Ma'lumot uchun, Blatter 1998 yildan buyon FIFAga rahbarlik qilib keladi. U 2015 yilning 29 may kunida beshinchi marta prezidentlikka saylangan, lekin ko‘p o‘tmasdan tashkilotdagi mojarolar tufayli o‘z lavozimini muddatidan avval tark etishini e'lon qilgandi.

Top