18:38 / 07.10.2015
2884

«Bornmut» klubi o‘tgan turda APLning eng ko‘p yugurgan jamoasi bo‘ldi

Angliyaning «Bornmut» futbol klubi futbolchilari mamlakat chempionatining 8 turida jami hisobda 944 kilometr yo‘l bosishdi.

Bu eng ko‘p yugurgan ikkinchi jamoa ko‘rsatkichidan 18 kilometrga ko‘proq, deb yozadi Opta nashri.

Eslatib o‘tamiz, «Bornmut» o‘tgan mavsumda chempionshipda g‘alaba qozonib APLga yo‘l olgandi. Jamoa o‘tkazilgan 8 turdan keyin 8 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalining 15-o‘rnida bormoqda.

Top