19:49 / 07.10.2015
5236

Braziliyalik ayol avtonavigator tufayli halok bo‘ldi

Rio-de-Janeyroda bir ayol avtomobilidagi Waze avtonavigatori manzilga yanglish yo‘l ko‘rsatishi oqibatida otib ketildi, deb xabar bermoqda CNN telekanali.

70 yoshli Regina Murmura ismli bu ayol o‘zining turmush o‘rtog‘i bilan avtomobilda sayohat qilib yurgan. Avtomobilni turmush o‘rtog‘i boshqargan Ular Niteroy turistik shahriga yetib olish uchun Waze dasturidan foydalanishgan. Navigator bu shaharning o‘rniga shunday nomga ega eng xarob va xavfli tumanlardan biriga yo‘lni ko‘rsatgan. Ayol va erkak bu yerga kelganda qandaydir sabablarga ko‘ra o‘z avtomobillarida o‘qqa tutilgan. Nashrning ma'lumotlariga ko‘ra, avtomobilga 20 ta o‘q uzilgan. Ayolning eri qutulib qolgan, biroq ayol olingan jarohatlardan mashinaning o‘zida jon bergan.

"Baxtga qarshi, haydovchilar bunday manzilni tanlaganlarida xavfli tumanlarga borishning oldini olish murakkab. Axir u yerda yashovchi odamlar ham o‘z uylariga yetib olish uchun imkoniyatga ega bo‘lishlari kerak", deb aytdi Waze vakili.

Avvalroq Google’ga tegishli Isroilning Waze kompaniyasi mashhur aktyor Arnold Shvartsenegger bilan shartnoma tuzgandi. Unga ko‘ra aktyor xizmatning navigatsion eslatmalariga ovoz beradi.

Top