11:31 / 07.10.2015
5897

JARdagi musiqiy shouda 3 yoshli didjyey o‘z talanti bilan yig‘ilganlarni hayratga soldi

Janubiy Afrikada 3 yoshli bola TV-shou sahnasida o‘z mahoratini namoyish qilib, mashhur bo‘lib ketdi. Yig‘ilganlar uning sahnadagi harakatlaridan hayratga tushib, u qo‘ygan musiqa ostida raqs tushishgan.

The New Musical Express nashrida yozilishicha, tanlov hakamlari DJ Arch Jr taxallusiga ega bolakayning noyob iste'dodini yuqori baholashgan. Hakamlardan biri DJ Fresh bolakayning mahoratini oltinga qiyoslagan.

DJ Arch Jr o‘z otasi bilan janubiy afrikaliklarga xos Got Talent telefranshizasi uslubini tanlagan.

Uning otasi bolakay 1 yoshidanoq didjyeylikka qiziqa boshlagani haqida aytib bergan.

Top