09:00 / 07.10.2015
8487

KUN.UZ dayjesti: 6 oktabrda ro‘y bergan eng qiziqarli xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 6 oktabr kuni ro‘y bergan eng muxim va qiziqarli voqealar haqidagi xabarlarni takroran havola etamiz.

Germaniyada sayyohlar uchun 365 metrlik osma kanat ko‘prik ochildi>>

Germaniyada Zosberg munitsipaliteti (Reynland-Pfalts yeri) yaqinida mamlakatdagi eng uzun osma kanat ko‘prik ochildi. T Online nashrining ma'lum qilishicha, uning uzunligi 365 metrni tashkil qiladi.

Chikago o‘zbeklarida Hoji Bobo Qor Boboning o‘rnini bosmoqda>>

AQShning Chikago shahrida istiqomat qiluvchi o‘zbek diasporasida o‘ziga xos an'ana shakllanib qoldi. Aytilishicha, u musulmon an'analari bilan bir qatorda o‘zbek o‘zligini saqlab qolishga ham ma'lum yordam beradi.

BAAda taksi haydovchisi yo‘lovchining pul va qimmatbaho buyumlarini qaytarib berdi>>

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahri politsiyasi yigirma olti yoshli pokistonlik taksi haydovchisi Umar Ajmalning oliyjanobligi uchun maqtov yorlig‘i topshirdi. 

Dubay kambag‘allikka qarshi kurashga 1 mlrd dirham ajratadi>>

Dubayda kambag‘allikka qarshi kurashish fondi ish boshladi. Fond mablag‘i 1 mlrd dirham ($ 272 mln.ga yaqin)ni tashkil etadi. Tashkilotning asosiy maqsadi— ishsizlikka qarshi kurashish va mintaqalarda ta'lim darajasini oshirish.

Spilberg sovet razvedkachisi haqida film suratga oldi>>

53-Nyu-York festivalida Stiven Spilbergning “Ayg‘oqchi ko‘prigi” nomli yangi filmi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. TASS muxbirining ma'lum qilishicha, film qizg‘in olqishlar bilan qarshi olingan.

5 oktabr kuni Instagram o‘zining besh yilligini nishonladi>>

Instagram ilovasi bundan besh yil muqaddam, 2010 yilning 5 oktabr kuni app store`da o‘z debyutini nishonlagan edi. 
Ushbu ilovani ilk marotaba AQShning San-Frantsisko shahridagi Kevin Sistrem va Mayk Kriger ishga tushirgan edi.

VIDeO: "Qorabog‘" futbolchisi nohaq belgilangan penalti zarbasini qasddan xato tepdi>>

Ushbu voqea Ozarbayjon chempionatining 7-turi doirasida Bokuning "Inter" va Qorabog‘ning "Qorabog‘" jamoalari o‘rtasida kechgan uchrashuv vaqtida yuz bergan. O‘yinda mehmonlar a'zosi Elvin Mamedov hakam tomonidan nohaq ravishda belgilangan penalti zarbasini golga aylantirmaslikka qaror qilgan va to‘pni ataylab darvoza to‘sini ustidan oshirib tepgan.

Emirates aviakompaniyasining Jyennifer Eniston ishtirokidagi reklamasi roligi 1 kunda 1,1 mln marta ko‘rildi>>

Emirates Airline aviakompaniyasining Gollivud aktrisasi Jyennifer Eniston ishtirokida olingan reklama roligi namoyish etildi. Ushbu reklama ifodalangan video aviakompaniyaning feysbukdagi sahifasiga joylashtirilgach, 1 kun ichida 1,1 million martadan ortiq tomosha qilingan.

Toyota yana bir bor dunyoning eng qimmat avtomobil brendi deb topildi>>

Yaponiyaning Toyota avtomobil markasi ketma-ket 12- marotaba dunyoning eng qimmat avtomobil brendi deb topildi. Umumiy ro‘yxatda esa yapon avtomobil ishlab chiqaruvchisi oltinchi o‘rinni band qildi. Interbrand bahosiga ko‘ra, mazkur marka qiymati 49,048 milliard dollarga teng.

VIDeO: XKS ekipaji ortibada qanday vaqtichog‘lik qilinishini namoyish etdi>>

Roskosmosning Youtube`dagi rasmiy kanalida kosmonavtlar zimmasidagi vazifalarni bajarishdan ozod paytlarda qanday vaqtichog‘lik qilishi tasvirlangan videorolikni e'lon qildi.

Nissan Tokio motorshousida “g‘ildiraklar ustidagi gajyet”ni namoyish etadi>>

Nissan kompaniyasi Tokioda bo‘lib o‘tadigan motorshouga g‘ildiraklar ustidagi mobil gajyet deb nomlagan Teatro for Dayz kontseptual key-karini olib boradi. Mazkur avtomobil prototipi asosan o‘tgan asrning 90- yillari oxiri, 2000 yillar avvalida dunyoga kelgan “Z avlodi” deb nomlanuvchi yangi davr vakillari uchun mo‘ljallangan.

Aktau shahrida egizak opa-singil egizak aka-uka bilan turmush qurdi>>

Qozog‘istonning Aktau shahrida istiqomat qiluvchi Torebek va Joldasbek Tolepbergenovlar Asil va Ayim ismli egizak qizlarga uylanishdi.

Dunyoning eng nufuzli 50 nafar kishisi reytingi e'lon qilindi>>

Bloomberg nashriyoti har yili chop etadigan ishbilarmon dunyo vakillari orasida nufuzga ega insonlar Most Influential reytingini e'lon qildi. Shuni qayd etish joizki, bu yilgi ro‘yxatdan rossiyalik familiyalar o‘rin egallamadi. Bundan tashqari, jadvalni Alibaba asoschisi Jyek Ma va ukrainalik milliarder Rinat Axmetovlar ham tark etdi.

Afrikalik shahzoda qirg‘izistonlik qizga uylandi (foto)>>

Futbol bo‘yicha Qirg‘iziston terma jamoasi himoyachisi Daniyel Tego qirg‘izistonlik qizga uylanadi. Futbolchining bo‘lg‘usi turmush o‘rtog‘i davlat registratsiya xizmatida mehnat qiluvchi Elnura Orozbayeva bo‘ldi, deya yozmoqda Zanoza.

Ramzan Qodirov Moskvadagi jome' masjidiga Muhammad (s.a.v)ning soch tolasini keltirdi>>

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Moskva jome' masjidiga Muhammad (s.a.v)ning shisha kapsulaga solingan soch tolasini sovg‘a tariqasida taqdim etdi. Rossiya bosh muftiysiga ushub sovg‘ani topshirish marosimi Checheniston Respublikasi poytaxti Grozniyda joylashgan “Checheniston qalbi” masjidida bo‘lib o‘tdi.

Top