21:49 / 07.10.2015
7319

KUN.UZ dayjesti: 7 oktabrda ro‘y bergan eng asosiy yangiliklar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 7 oktabr kuni ro‘y bergan eng asosiy xabarlarni takroran havola etamiz.

Toshkent va Boku xalqaro avtomobil qatnovlari haqidagi o‘zaro bitimni imzoladi>>

O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligida joriy yilning 29-30 sentabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasining vakolatli organlari vakillari ishtirokida ekspert uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

BMT Bosh assambleyasi sobiq prezidenti pora tufayli hibsga olindi>>

BMT Bosh assambleyasi sobiq prezidenti Jon Esh 6 oktabr kuni pora olish aybi bilan hibsga olingan. Esh xitoylik magnat va boshqa biznesmenlardan naqd pul olib, ularga foydali investitsiya va davlat shartnomalarini tuzish imkoniyatini taqdim etgan.

Kun.uz “Eng yaxshi yangiliklar sayti” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi>>

6 oktabrda “Turkiston” saroyida yoshlar o‘rtasida “MIT.uz” milliy internet tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan sakkiz yuzdan ortiq internet sayt muallif va ishlab chiquvchilari qatnashdi.

Pentagon rahbari AQSh tomonidan Qunduzda fojiaviy xatoga yo‘l qo‘yilganini tan oldi>>

AQSh Mudofaa vazirligi Qo‘shma shtatlarning Harbiy havo kuchlari Afg‘onistonning Qunduz shahridagi "Chegara bilmas shifokorlar" kasalxonasini nishonga olib, fojiaviy xatoga yo‘l qo‘yganini tan oldi.

«O‘zbekenergo» 2016 yildan foydalanilgan elektr energiyasini hisoblovchi yangi elektron uskunalar o‘rnatadi>>

Milliy matbuot markazida «O‘zbekenergo» aksiyadorlik jamiyati faoliyatini yanada takomillashtirish va sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish hisobidan foydalanilgan elektr energiyasi uchun hisob-kitob intizomini mustahkamlashga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Qirg‘iziston O‘zbekistonga boradigan suvni to‘sib qo‘ymoqda>>

Jalolobod viloyati Alobuqa tumani rahbariyati Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumani aholisiga boradigan suvni deyarli to‘sib qo‘ydi.

BMT: YouTube 2 yil ichida ekstremistik yo‘nalishdagi 14 mln videolavhalarni o‘chirib tashladi>>

Oxirgi 2 yil ichida jangarilarning targ‘iboti va chaqiriqlaridan iborat 14 mln videolavha YouTube videoservisidan o‘chirib tashlandi. Bu haqda BMT Xavfsizlik Kengashi aksliterror qo‘mitasi ijroiya direktorati rahbari Jan-Pol Laborde bayonot berdi.

Toyota: minglab yo‘ltanlamaslarimiz qanday qilib IShID qo‘liga tushayotganidan bexabarmiz>>

IShID guruhi jangarilari qo‘lida Toyota rusumidagi minglab yo‘ltanlamaslar va yengil yuk mashinalari bor. Bu Liviya, Iroq va Suriyada qilingan ko‘plab videolavhalarda ko‘rinadi.

Jahon mamlakatlarida “o‘lim sifati” reytingi - 2015>>

Economist Intelligence Unit (EIU) tomonidan tayyorlangan o‘lim sifati reytingida 80 ta mamlakat ishtirok etdi. Buyuk Britaniya, Avstraliya va Yangi Zelandiya o‘zgarmas yetakchilar sifatida qayd etildi, Xitoy esa ro‘yxatning so‘nggi o‘rinlaridan joy egalladi. 

Ukrainalik amaldor Rossiyaga qarshi kurashda IShIDga yordam berishga chaqirdi>>

Ukraina IIV maslahatchisi Anton Gerashchenko “Mirotvorets” saytida Suriyadagi harbiy operatsiyalarda ishtirok etayotgan rossiyalik harbiylar haqidagi ma'lumotlarni e'lon etib borishni taklif qildi.

WP: IShID Afg‘onistondagi faoliyatini kengaytirmoqda>>

IShID guruhi o‘zining Afg‘oniston hududidagi faolligini oshirmoqda. Jangarilarning salmoqli guruhi mamlakat sharqida o‘rnashib oldi. Bu haqda amerikalik generalga iqtibos keltirlgan holda The Washington Post nashri yozmoqda.

OAV: YeI yuz minglab noqonuniy muhojirlarni deportatsiya qilishga tayyorlanmoqda>>

Bir necha hafta ichida qochqin maqomini berish rad etilgan yuz minglab muhojirlar Yevropadan chiqarib yuboriladi. Bu haqda 7 oktabr kuni Times gazetasi o‘zidagi qaror hujjatlariga asoslanib xabar qildi.

Poroshenko: Rossiyaning Suriyadagi operatsiyasi uchinchi jahon urushini yaqinlashtirdi>>

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning fikricha, Rossiya Suriyadagi ixtilofga aralashishi bilan uchinchi jahon urushi boshlanishini yanada yaqinlashtirdi.

O‘zbekistonga Rossiya Mudofaa vazirligi vakillari tashrif buyuradi>>

7 oktabr kuni O‘zbekistonga Rossiya harbiy delegatsiyasi ishchi tashrif bilan keladi. 
Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, rossiyalik harbiy mutaxassislarga Mudofaa vaziri o‘rinbosari Anatoliy Antonov boshchilik qiladi.

“Transaero” samolyoti Qozog‘istondagi aeroportdan qo‘yib yuborilmayapti>>

Rossiyaning “Transaero” aviakompaniyasiga tegishli, Oqtov-Moskva reysini amalga oshirayotgan samolyot Qozog‘istonning aeroportidan chiqarib yuborilmayapti. RIA Novosti agentligining aeroport direktori Yerg‘azi Joldasovga tayanib yozishicha, ulardan 36 ming dollar qarzini o‘tash talab qilinmoqda.

Microsoft'dan yangi Lumia smartfonlari, Surface Pro 4 plansheti va Surface Book noutbuki>>

6 oktabrda Nyu-Yorkda Microsoft kompaniyasining yangi mahsulotlari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Kompaniya Windows 10 da ishlovchi Lumia 950 va 950 XL smartfonlari, Surface Pro 4 palnsheti va barcha uchun kutilmagan bo‘lgan Surface Book noutbukini taqdim etdi.

O‘zbekistonda yil oxirigacha 1 mln elektr hisoblagichlar o‘rnatiladi>>

O‘zbekistonda yil oxirigacha 1 mln elektr hisoblagichlar o‘rnatiladi. Bu haqda Sputnik agentligi xabar bermoqda.

Samarqand shahrida dabldekerlar harakati yo‘lga qo‘yiladi>>

Samarqandda dastlabki ikki qavatli avtobus – dabldekerlar harakati yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda «O‘zbekturizm» korxonasi vakili Farrux Rizayev Toshkentdagi sayyohlik yarmarkasi vaqtida ma'lum qilgan deb yozadi Sputnik nashri.

Top