17:55 / 07.10.2015
1988

Mahalla posbonlari joriy yilda qariyb 2 mln oilani o‘rganib chiqdi

“Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi vakillari 2015 yil mobaynida respublika bo‘yicha 1 887 767 oilani o‘rgandi. Bu haqda “Oila davrasida” gazetasi yozmoqda.

Ma'lum qilinishicha, mahalla posbonlari mazkur oilalarni o‘rganib, ular odam savdosi muammolariga duch kelgan-kelmaganliklarini aniqlashtirib chiqdilar.

Ma'lum bo‘lishicha, ushbu oilalarning 726.2 mingdan ziyod a'zolari xorijga yoki respublikaning boshqa hududlariga ketgan. Shulardan 668 297 nafar kishi ishlash uchun ketgan ekan.

O‘rganish davri mobaynida 297 188 nafar fuqaro doimiy yashash manziliga qaytib kelgan.

2015 yilda 8 ming mahallada odam savdosi bo‘yicha tadbirlar o‘tkazildi
2015 yilda O‘zbekistonning barcha hududlarida odam savdosiga qarshi kurash doirasida tushuntirish ishlari olib borilgan va tadbirlar o‘tkazilgan. Bu haqda “Oila davrasida” nashri yozmoqda.

Aytilishicha, hisobot davrida 8 163 mahallada, 7 960 ta'lim muassasasi, jumladan, 1 920 kollej va 1 430 akademik litseyda tegishli mavzularda qariyb 28 ming targ‘ibot tardbirlari o‘tkazilgan.

Tadbirlarga 860 ming nafar aholi, xususan, 570 ming nafar yoshlar jalb qilingan.
Mahalla faollari ko‘magida kasb-hunar kollejlarida 9 830 ish beruvchi korxona va tashkilot vakillari, 23 620 ota-ona ishtirokida uchrashuvlar tashkil etildi. Natijada joriy yilning 6 oyi mobaynida 63 490 bitiruvchi ish bilan ta'minlandi.

Top