09:11 / 07.10.2015
2973

Maldiv prezidentining kateridagi portlash suiqasd sifatida baholandi

Maldiv hukumati mamlakat prezidenti Abdulla Yaminning katerida yuz bergan portlashni, davlat rahbarini o‘ldirishga bo‘lgan urinish sifatida baholadi.

Maldivdagi vazirlardan birining ma'lumot berishicha, ushbu suiqasd ishi bo‘yicha 2 nafar ofitser qo‘lga olingan.

Bundan oldinroq, prezidentning tezyurar katerida portlash yuz bergani, lekin bu hodisadan keyin prezident jarohatlanmagani haqida xabar berilgandi.

O‘shanda Abdulla Yamin Saudiya Arabistonida haj ibodatini ado etib, yurtiga qaytayotgandi.

Top