10:42 / 07.10.2015
2353

Microsoft o‘zining ilk Surface Book noutbugini namoyish qildi

Texnologik yangi ishlanmalar prezentatsiyasi jarayonida Microsoft kompaniyasi o‘zining ilk noutbugi — Surface Book`ni namoyish qildi.

Ishlab chiqaruvchilarning ishonch bildirishicha, yangi noutbuk Apple`ning MacBook Pro`siga qaraganda ikki barobar tezroq ishlaydi. Surface Book hajmi 3000x2000 piksel, zichligi 267 ppi bo‘lgan 13,5 dyumli (1 dyum – 2,54 sm) sensorli ekran bilan ta'minlangan. Displeyga Corning Gorilla Glass 4 himoya oynasi ham o‘rnatilgan. Yozish uchun esa Surface Pen stilusi (metal yoki plastik ruchka)dan foydalanish mumkin. Shuningdek, noutbuk yangilangan Intel protsessorlari va NVIDIA GeForce videokartasi bilan ta'minlangan.

Kompaniya yangi mahsulotini noutbuk deya namoyish etganiga qaramasdan, undan planshet o‘rnida foydalansa ham bo‘ladi: uning klaviaturalari alohida olinadi. Ishlab chiqaruvchilar noutbuklar 12 soatgacha quvvat qilinmasdan ishlashi mumkinligini aytishdi.

Noutbuklarga oldindan buyurtma berish 7 oktabrdan boshlanib, uning boshlag‘ich bahosi 1499 dollarni tashkil etadi.

Microsoft prezentatsiya jarayonida Lumia 950 smartfonining yangilangan namunasi — Lumia 950 XL`ni ham namoyish etdi.

Top