20:16 / 07.10.2015
6601

OAV oilalarning ajrashishiga nima sabab bo‘lishini aytdi

Oilalar nega ajrashib ketishi, negaki erkak va ayol til topisha olmay qolayotganiga nima sabab bo‘layotgani aytildi. “Oila davrasida” gazetasida yozilishicha, bu turli fe'l-atvordagi odamlarning oila qurishi natijasida oilaviy munosabatlar kutilgan ssenariydan bormayotganidir.

“Tasavvur qiling: zerikarli qish oqshomlarida bolalarini uxlatib, er-xotin tanho qolishdi. Er gazeta o‘qishdan zerikdi, xotin hozirgina sevimli serialini yakunlab, qahramonlarning qismatini unutib ulgurgani yo‘q, - deyiladi materialda. – Mana shunday bir paytda ikkalasi ham shirin suhbat qurishni, bir-biriga mehr, muhabbat izhor qilishni, farzandlar kelajagi haqida shirin orzular surishni qo‘msab qoladi. Yoki ikkovi ishxonasidagi yangiliklar bilan shrtoqlashishni, dam olish kunlari uchun rejalar tuzishni istaydi”.

Ammo, muallifning fikricha, voqealar har doim ham kutilganidek rivojlanavermaydi.
“Lekin amaldaish boshqacha tus oladi, - deydi u. – “Men itday charchabman, joyimni solib ber”, deydi er. “Men hali idishlarimni yuvganim yo‘q, birpas sabr qiling”, deb javob qiladi xotin. “Sen o‘zi qachon bir ish buyursa, xo‘p deydigan bo‘lasan”, deya zug‘umga o‘tadi er. “Men sizga xizmatkor emasman”, deb gap qaytaradi xotin. O‘zaro ta'na-malomatlar, “huquq talashish”lar hayal o‘tmay yaxshigina janjalga aylanadi”.

“Bir-biriga o‘xshamagan, boshqa-boshqa yo‘sinda tarbiya topgan, o‘zgacha muhitda ulg‘aygan ikki kishining ko‘p yillar mobaynida birgalikda yashashi, bir maqsad yo‘lida intilishi, bir-biri bilan murosa qilishi ularning his-tuyg‘u va fe'l-atvorini qattiq sinovdan o‘tkazadi”, - xulosa qilinadi materialda.

Top