Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xal respublikasi (DXR)da saylovlarning bekor bo‘lishi, Donbassni Ukrainaga qaytarishiga ishonch bildirdi. Shu munosabat bilan u saylovlarning bekor bo‘lishini olqishlagan. U bu haqda o‘zining Facebook dagi sahifasida yozib qoldirgan.
"Ukraina qonunchiligi asosida saylov o‘tkazilishi Donbassning Ukrainaga qaytish yo‘llarini ochib beradi”, - deb yozadi u.
Avvalroq DXR va LXR rahbarlari Denis Pushilin va Vladislav Deynego mahalliy saylovlarni keyingi yilning 18 oktabri va 1 noyabrida respublikada o‘tkazishga rozi bo‘lishganini ma'lum qilishgan edi. Bu haqda Rossiya, Germaniya, Fransiya va Ukraina o‘rtasidabo‘lib o‘tgan “Normand to‘rtligi” uchrashuvlarida kelishib olingan edi.