10:06 / 07.10.2015
4015

Rossiya mudofaa vazirligi: AQShning IShIDga qarshi kurashni muvofiqlashtirish taklifi qabul qilinishi mumkin

AQSh tomonidan taklif qilingan IShIDga qarshi kurash jarayonini muvofiqlashtirish borasidagi taklif Rossiya tomonidan qabul qilinishi mumkin. Bu haqda mudofaa vazirligining rasmiy vakili general-mayor Igor Konashenkov aytib o‘tdi.

“Rossiya mudofaa vazirligi Pentagonning iltimosiga javob berib, IShID terrorchilik guruhiga qarshi kurash doirasida hamkorlik qilishni muvofiqlashtirish bo‘yicha taklifni qisqa fursatda ko‘rib chiqdi, - dedi u. – Umuman olganda, bu takliflar realizatsiya uchun qabul qilinishi mumkin”.

Top