07:15 / 07.10.2015
7332

Rossiya Mudofaa vazirligi: IShID jangarilari qurol-aslahalarni Suriyaning aholi yashaydigan dahalariga ko‘chirmoqda

IShID terrorchilari Suriya shaharlarining aholi yashaydigan dahalariga qurol-aslahalarni ko‘chirishga harakat qilmoqda, deb xabar bermoqda Rossiya Mudofaa vazirligi.

"Terrorchilar maskirovka qilingan qurol-aslaha va texnika bazalarining bizning razvedkamiz tomonidan aniqlanishining yuqori samaradorligi va ularning yaqin orada yo‘q qilinishini anglagan holda, qurol-aslahalarni shaharlarning aholi yashaydigan dahalariga ko‘chirish bo‘yicha harakatlarni amalga oshirmoqda", deb aytilmoqda xabarda.

Vazirlikning ta'kidlashicha, "bunda jangarilar Rossiya aviatsiyasi hech qachon masjidlarga zarba bermasligini bilgan holda zirhli texnikani masjidlar yoniga joylashtirmoqda".

"Bularning barchasi terrorchilikka xos bo‘lgan harakatlardir", deb aytilmoqda vazirlikda.

Top