07:11 / 07.10.2015
3907

Rossiya Mudofaa vazirligi: Rossiya aviatsiyasi "IShID"ning jangarilarni tayyorlash lagerini yo‘q qildi

Rossiya aviatsiyasi Suriyaning Idlib viloyatida "IShID"ning jangarilarni tayyorlash lagerini yo‘q qildi, deb xabar bermoqda Rossiya Mudofaa vazirligi vakili Igor Konashenkovga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi.

Konashenkovning aytishicha, Su-24 samolyoti jangarilarning mashg‘ulot maydonini yo‘q qilgan. Shu viloyatning o‘zida Su-25 samolyotlari terrorchilarning dala lageriga hujum qilgan.

"Havo zarbasi oqibatida portlovchi moddalar, moddiy-texnik va oziq-ovqat zaxiralarini saqlashda terrorchilar tomonidan foydalanilgan ko‘plab inshootlar vayron qilindi", deb ma'lum qildi Konashenkov.

Top