10:56 / 07.10.2015
3024

The Mirror: Mourino bilan shartnoma muddatidan oldin to‘xtatilsa, unga 40 mln yevro tovon puli to‘lanadi

"Chelsi" jamoasining portugaliyalik bosh murabbiyi Joze Mourinoning ustama puli 40 mln yevroga teng. Bu haqda The Mirror nashrida yozilgan.

Jamoa Mourino bilan shartnomasini muddatidan oldin to‘tatsa, unga 40 mln yevro miqdorida tovon puli to‘laydi.

"Chelsi" rahbariyati murabbiy bilan 2 oy oldin 2019 yilgacha shartnoma tuzgandi. Nashrda yozilishicha, unga 11,5 mln yevrodan iborat yillik maosh tayinlangan.

Ma'lumot uchun, APLning yangi mavsumida o‘tkazilgan 8ta turdan so‘ng londonliklar 2ta g‘alaba, 2ta durang va 4ta mag‘lubiyat qayd etgan holda 8 ochuo bilan turnir jadvalining 16-o‘rinida turibdi.

Biroz oldinroq, "Chelsi" jamoasi murabbiyni iste'foga chiqarmasligini va uni qo‘llab-quvvatlashda davom etishini ma'lum qilgandi.

Top