12:42 / 07.10.2015
10003

WP: IShID Afg‘onistondagi faoliyatini kengaytirmoqda

IShID guruhi o‘zining Afg‘oniston hududidagi faolligini oshirmoqda. Jangarilarning salmoqli guruhi mamlakat sharqida o‘rnashib oldi. Bu haqda amerikalik generalga iqtibos keltirlgan holda The Washington Post nashri yozmoqda.

General Jon Kempbelning so‘zlariga qaraganda, jangarilarning eng katta qismi Pokiston chegarasidagi Nangarhar viloyatida joylashib olgan. Radikallar jamoasi “Tahriki Tolibon Pokiston” a'zolarini o‘z saflariga jalb qilish hisobiga o‘smoqda.

“IShIDning ko‘p tarafdorlari zotan Toliblardir. Balki IShIDga qo‘shilish ko‘proq resursga ega bo‘lish vositasidir. Shunday qilib, Toliblar futbolkalarini almashtirib, boshqa bayroq ko‘tardilar”, - ta'kidladi zobit.

Top