10:14 / 07.10.2015
2571

Xitoyda "Muchjige" to‘foni tufayli halok bo‘lganlar soni 19 kishi, jabrlanganlar soni 5,4 mln nafarni tashkil etdi

Xitoyning janubiy qismiga 4 oktabr kuni yopirilgan "Muchjige" to‘foni 19 kishini hayotdan olib ketdi va bu tabiiy ofat tufayli yana 4 kishi bedarak yo‘qoldi. Sinxua xabariga ko‘ra, xitoyliklar tomonidan "Tsayxun" deya nomlangan bu to‘fon jami 5,4 mln kishi hayot tarziga ta'sir qilgan.

Guandun provinsiyasi ma'muriyatining ma'lum qilishicha, bu ofat tufayli ko‘rilgan zarar miqdori 23,24 mlrd yuanni (3,66 mlrd dollar) tashkil etadi. Guansi-Chjuansk provinsiyasida esa bu ko‘rsatkich 708 mln yuanga (111 mln dollar) teng bo‘lgan.

Noqulay ob-havo sharoitlari tufayli qishloq xo‘jaligida 350 ming ga maydon zarar ko‘rgan.

Mahalliy OAVlarda yozilishicha, yakshanba kuni mamlakatga yopirilgan bu to‘fon ko‘lami jihatidan 1949 yildan beri eng yirigi va talofatlisi bo‘ldi.

Top