14:03 / 07.10.2015
2910

Yaponiya bosh vaziri hukumatdagi asosiy vazirlarni o‘z lavozimida qoldirdi

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe Vazirlar Mahkamasida almashtirishlar o‘tkazar ekan, hukumatdagi asosiy vazirlar, jumladan, TIV rahbari Fumio Kisidu, Moliya vaziri Taro Aso, Mudofaa vaziri Gen Nakatani va bosh kotib Yosixide Suguni o‘z lavozimida qoldirdi.

Avvalroq, 7 oktabr kuni Yaponiya hukumati to‘liq tartibda iste'foga chiqish to‘g‘risida ariza yozgani xabar berilgan edi. Bu odatiy rasmiy holat bo‘lib, yangi bosh vazir tayinlanganidan so‘ng mamlakat Vazirlar Mahkamasida almashtirilishlar amalga oshirilishi talab etiladi.

Top