08:01 / 07.10.2015
6642

“MIT.uz” milliy internet tanlovi g‘oliblari nomi e'lon qilindi

6 oktabrda Toshkent shahridagi Turkiston saroyida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan qator vazirlik, idora va tashkilotlar bilan hamkorligida o‘tkazilgan “MIT.uz” III milliy internet tanlovining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan sakkiz yuzdan ortiq internet sayt mualliflari va ishlab chiquvchilari ishtirok etdi. Unda Uz domenidagi veb-resurslar bilan bir qatorda xorijiy domenlarda joylashtirilgan saytlar ham tanlab olindi.

Eng yaxshi ijodiy ishlar o‘n asosiy va olti qo‘shimcha nominatsiya bo‘yicha saralab olindi.

«Kun.uz» sayti - “Eng yaxshi yangiliklar sayti”;

«Keksalik.uz» sayti - “Keksalarni e'zozlash yili” Davlat dasturi to‘g‘risidagi eng yaxshi sayt; 

«tarix.uz» sayti - O‘zbekistonning boy madaniyati, san'ati, tarixi va mustaqillik g‘oyasini aks ettirgan eng yaxshi sayt; 

«Umid.zn.uz» sayti - Mahalla, qishloq va shaharlarning obodligi va farovonligini aks ettiruvchi eng yaxshi sayt;


Shuningdek, “O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyatini aks ettiruvchi eng yaxshi sayt”, “O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini aks ettiruvchi eng yaxshi sayt”, “Davlat boshqaruvi sohasidagi eng yaxshi sayt” va boshqa nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlandi.

Qayd etish kerakki, 2013-2015 yillar davomida tanlovda jami 2800 nafardan ziyod yigit-qiz ishtirok etdi. Ular tomonidan 1300dan ortiq veb-sayt, qariyb 1500 fotosurat, videorolik va fotokolleksiyalar taqdim etildi.

Ta'kidlash joizki, taqdim etilgan saytlarning 40 foizdan ortig‘i shu yilda ishga tushirilgan.

Top