11:46 / 08.10.2015
4337

Anonymous xakerlari bilan hamkorlik qilgan amerikalik jurnalist 25 yilga qamalishi mumkin

Kaliforniya shtatidagi Sakramento shahri sudi jurnalist Mettyu Kisni Anonymous xakerlik guruhi a'zosi sifatida tan oldi.

Sudda aytilishicha, ushbu jurnalist xakerlarga Los Angeles Times gazetasi saytini buzishda ko‘maklashgan.

Tergovda aniqlanishicha, 28 yoshli Kis Los Angeles Times gazetasini o‘z tarkibiga oluvchi The Tribune Company mediakorporatsiyasi xodimi sifatida ishlagan.

The Tribune Company ushbu xakerlik hujumi tufayli 18 ming dollar miqdorida moddiy zarar ko‘rgani haqida ma'lum qilgan.

Sud Mettyu Kis ishi bo‘yicha yakuniy qarorini 2016 yilning yanvarida e'lon qilishi kutilmoqda. Unga 25 yillik qamoq jazosi tayinlanishi mumkin. Lekin oqlovchi huquqshunoslar jurnalistga tayinlanadigan jazo muddatini 5 yilgacha kamaytirishga urinib ko‘rishmoqchi.

Jurnalistning advokati sudning dastlabki qarori bo‘yicha shikoyatnoma taqdim etib bo‘lgan.

Top