10:11 / 08.10.2015
7736

BMW’ning eng tezkor sportkari taqdim etildi

BMW kompaniyasi M4 kupesining modifikatsiya qilingan, GTS indeksini olgan versiyasini taqdim qildi. Kompaniya tarixidagi eng tezkor sportkarni ishlab chiqarganini aytmoqda.

Ikki eshikli mashina 3 l li 6 silindrli tvin-turbo motorda ishlaydi. Eski modelda uning kuchi 431 ot kuchini tashkil etgan bo‘lsa, hozirlikda bu ko‘rsatkich 500 ot kuchiga ko‘tarildi.
Yangi mashinada Launch Control tez start oldirish tizimi o‘zgartirildi.

Kupe 3.8 sekundda 100 km/soat tezlikka ko‘tariladi, bu M4 versiyasidan 0.3 sekundga tezroqdir.

Top