"Bavariya” jamoasi yarim himoyachisi Frank Riberi to‘pig‘idagi jarohatidan forig‘ bo‘lib, mashg‘ulotlarga kirishdi.
L`Equipe nashrining xabar qilishicha, u mart oyidan beri ilk marotaba umumiy guruh mashg‘ulotlarida ishtirok etdi.
U 20 daqiqa davomida jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy bilan yugurish mashqlarini bajargan.
“Umid qilamanki, Frank shu oy oxiriga qadar umumiy guruh mashg‘ulotlariga qayta oladi“, – dedi myunxenliklar ustozi Xosep Gvardiola.
Eslatib o‘tamiz, futbolchi o‘tgan mavsumda YeChL 1/8 finalida "Shaxtyor"ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinda jarohat olgandi.