16:54 / 08.10.2015
6382

Independent: MRB direktori Kennedi o‘limi tafsilotlarini yashirgan

Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq direktori Jon Makkon AQSh prezidenti Jon Kennedi o‘limi tafsilotlarini o‘rganish uchun tashkil etilgan Uorren komissiyasidan ma'lumotlarni yashirganlikda gumon qilinmoqda, deya xabar berdi The Indepdent.

Kennedi o‘limidan (1964 yil 24 sentabr kuni) 50 yil o‘tib hisobotni e'lon qildi. Taxmin qilinishicha, MRD Markaziy razvedkaning yuqori lavozimli vakili ham ma'lumotlarning yashirilishida ishtirok etgan.

O‘tkazilgan tergov ma'lumotlariga ko‘ra, MRB xodimlari Uorren komissiyasining yagona rasmiy gumondor - Li Xarvi Osvald hech qanday sabablarsiz bir o‘zi harakat qilgan deya tavsiflangan voqeaning boshqa naqliga e'tibor qaratishi uchun muhim ma'lumotlarni yashirgan.

Jumladan, Jon Makkon komissiyaga MRBning Fidel Kastroni o‘ldirishga qaratilgan ko‘p sonli urinishlari to‘g‘risida ma'lum qilmagan. Hech qanday axborotga ega bo‘lmay turib, komissiya Osvaldning Kuba yoki boshqa davlatlarda sheriklari bo‘lganini aniqlay olmas edi.

“Makkoning MRBning Fidel Kastroni o‘ldirish rejalari haqidagi ma'lumotlarni bermaslikka qaror qilgani komissiyaga ishonchni barbod qiladi”, - deyiladi hisobotda. Hisobot mualliflarining qayd etishicha, Makkon tomonidan ma'lumotlarning taqdim etilmasligi uni Jon Kennedi qotiliga sherik sifatida ko‘rib chiqishga imkon tug‘diradi.

Top