21:31 / 08.10.2015
9076

KUN.UZ dayjesti: 8 oktabrda ro‘y bergan eng qiziqarli xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 8 oktabr kuni ro‘y bergan eng muxim va qiziqarli voqealar haqidagi xabarlarni takroran havola etamiz.

Texasda 12 yoshli qizcha kuniga 12 ming marta aksa urmoqda>>

Qayd etilishicha, u kuniga 12 ming martadan aksirgan. Shifokorlar esa buning sababini aniq ayta olishmayapti. Taxminlarga ko‘ra, bu tik xastaligi (tana a'zolarining pir-pir uchishi) alomati bo‘lishi mumkin.

Ravon mashinalariga bag‘ishlangan birinchi videorolik chiqdi>>

Rossiya telekanallari orqali yangi Ravon brendidagi avtomobillar reklama qilinmoqda. Dastlabki videorolik allaqachon internetga joylashtirildi.

Xulio Iglesias Donald Trampga tegishli kazinoga kirishni istamadi>>

Ispaniyalik mashhur qo‘shiqchi Xulio Iglesias AQShda milliarder hamda AQSh prezidentligi uchun nomzodlardan biri bo‘lmish Donald Trampga tegishli kazinolardan biriga kirishdan bosh tortdi.

Vladimir Putin o‘z tug‘ilgan kunida xokkey o‘ynab, raqib darvozasiga 7 ta shayba kiritdi>>

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 7 oktabrda o‘zining 63 yillik tavallud kunida Tungi xokkey ligasida xokkey o‘ynadi.

Qozog‘istonlik egizak yigitlar poyafzal xarid qilishga borib, baxtlarini topishdi>>

Yaqinda qozoqcha internetda ikkita egizak juftlik bir-birini topgani haqidagi xabar ko‘p shovshuvlarga sabab bo‘ldi. Egizaklarning chiroyli oilalar qurgani ko‘pchilikning olqishlariga sabab bo‘ldi.

BMW’ning eng tezkor sportkari taqdim etildi>>

BMW kompaniyasi M4 kupesining modifikatsiya qilingan, GTS indeksini olgan versiyasini taqdim qildi. Kompaniya tarixidagi eng tezkor sportkarni ishlab chiqarganini aytmoqda.

Eng uzun tirbandliklarga ega shaharlar reytingi tuzildi>>

Waze navigatsiya xizmati tomonidan tuzilgan reytingga ko‘ra, dunyodagi eng uzun avtomobil tirbandliklaridan Kolumbiyaning Vilyavisensi shahri aholisi aziyat chekmoqda, deya yozdi Tech Insider.

Saratonga chalingan amerikalik ayol sud orqali DuPont kompaniyasidan 1,6 mln dollar undiradi>>

AQSh sudi ximiyaviy mahsulotlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan DuPont korporatsiyasini 59 yoshli ayolning saraton xastaligiga chalinishida aybdor deb topib, korporatsiyaga 1,6 million dollar miqdoridagi jarima qo‘lladi.

Polshalik suratkash Fukusima-1 AES yaqinidagi turarjoylar vayronalarida bo‘ldi>>

Polshalik suratkash Arkadiush Podnesinski Fukusima-1 AES yaqinidagi turarjoylar vayronalarida bo‘ldi. U yerda olingan suratlarni sayyoh o‘z saytiga joylashtirdi. 7 oktabr kuni uning suratlari The Daily Mail nashrida qaytadan e'lon qilindi.

Bishkekda inkassatorga hujum uyushtirilib, 612 ming dollar o‘g‘irlab ketildi>>

Bishkekda noma'lum shaxslar hujum uyushtirib, 612 ming dollar o‘g‘irlab ketishdi. Bu haqda 24.kg sayti xabar berdi.

OAV: Braziliyalik milliarder Coca-Cola kompaniyasini sotib olib, barcha xodimlarni "ishdan bo‘shatmoqchi">>

Braziliyaning eng badavlat kishilaridan biri Jorjye Paulu Lemann amerikaliklarning Coca-Cola kompaniyasini sotib olishni va uning barcha xodimlarini ishdan bo‘shatishni orzu qilmoqda. Bu haqda Business Insider xabar bergan.

Sirg‘ali bozorida Lacetti narxi 10 ming dollarni tashkil qilmoqda>>

Toshkentdagi Sirg‘ali avtomobil bozorida 40 ming km masofa bosgan Chevrolet Lacetti mashinalari o‘rtacha 10 300 dollarga sotilmoqda.

Fujitsu kompaniyasi interaktiv krossovkalarini namoyish qildi>>

Yaponiyaning Fujitsu kompaniyasi CEATEC 2015 ko‘rgazmasida “aqlli” soatlari ortidan interaktiv krossovkalarini ham namoyish qildi, deya xabar berdi Ubergizmo portali.

Facebook «layk» tugmachasi imkoniyatlarini kengaytirmoqchi>>

Facebook ijtimoiy tarmog‘i «layk» tugmachasi imkoniyatlarini oshirmoqchi, deya xabar beradi Engadget.com internet-nashri.

Argentina prezidentining raqsi internetni “portlatib” yubordi>>

Argentina prezidentining raqsi internetda shovshuvga aylanib ketdi, deb xabar beradi The Telegraph nashri.

«Kashmir xazinasi» uzugi Gongkongdagi savdolarda 6,7 mln dollarga sotilib, dunyo rekordini o‘rnatdi>>

Gongkongdagi Sotheby's auksion uyida bo‘lib o‘tgan kimoshdi savdolari chog‘ida «Kashmir xazinasi» nomi bilan mashhur uzuk 6,7 mln dollarga sotildi, deya xabar berdi Reuters.

Independent: MRB direktori Kennedi o‘limi tafsilotlarini yashirgan>>

Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq direktori Jon Makkon AQSh prezidenti Jon Kennedi o‘limi tafsilotlarini o‘rganish uchun tashkil etilgan Uorren komissiyasidan ma'lumotlarni yashirganlikda gumon qilinmoqda, deya xabar berdi The Indepdent.

Adidas 3D-printerda krossovkalar chiqardi>>

Adidas kompaniyasi tagi 3D-printerda bosiladigan Futurecraft 3D krossovkalari kontseptini taqdim etdi. Kompaniya tarqatgan relizda ta'kidlanishicha, poyafzalning tagi u sotilayotgan joyda xaridorning oyog‘idan andaza olingan holda printerdan chiqariladi.

Olma-Ota aeroportida qurt 1 200 tangaga sotilmoqda>>

Olma-Ota shahri aeroportida oziq-ovqat mahsulotlari juda qimmat narxlarda sotilishi Qozog‘iston jamoatchiligi orasida jiddiy muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Aeroport rahbariyati tadbirkorlar qo‘yayotgan narxlarga ta'sir o‘tkaza olmasligini tan oldi.

Xitoydagi 50 polosali trassada ulkan tirbandlik yuzaga keldi>>

Xitoyda yangi ochilgan Pekin — Gonkong — Makao yo‘nalishi bog‘lovchi 50 polosadan iborat avtotrassada darhol ulkan tirbandliklar yuzaga kela boshladi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar tarqatmoqda.

Top