16:06 / 08.10.2015
6916

NATO Turkiyaga qo‘shin jo‘natishga tayyor

NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg alyans havo kengliklariga Rossiya samolyotlari buzib kirganidan so‘ng o‘z ittifoqdoshini himoya qilish maqsadida Turkiyaga harbiy qo‘shinlar yuborishga tayyor ekanini ma'lum qildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar tarqatdi.

“NATO tayyor va barcha ittifoqchilari, jumladan, Turkiyani har qanday tahdidlardan himoya qilish holatida<...> NATO janubiy chegaralar, xususan, Turkiyaga harbiy kuchlarini joylashtirishga tayyor”, - dedi Stoltenberg.

Bundan avvalroq esa Turkiya prezidenti Toyib Erdog‘an Anqara respublika havo kengliklari Rossiya harbiy samolyotlari tomonidan buzilishi munosabati bilan Rossiya gazini sotib olishni rad qilishi haqida so‘zlagan edi.

Top