19:25 / 08.10.2015
5769

Olma-Ota aeroportida qurt 1 200 tangaga sotilmoqda

Olma-Ota shahri aeroportida oziq-ovqat mahsulotlari juda qimmat narxlarda sotilishi Qozog‘iston jamoatchiligi orasida jiddiy muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Aeroport rahbariyati tadbirkorlar qo‘yayotgan narxlarga ta'sir o‘tkaza olmasligini tan oldi.

Aeroport rahbari Aybol Bekmuhanbetovning so‘zlariga qaraganda, bu yerda rahbariyatga bo‘ysunmaydigan, ijara asosida ishlaydigan tadbirkorlar istagan narxlarida savdo qilishmoqda. Aeroport ma'muriyati ularga ta'sir o‘tkazishga haqli emas.

Nur.kz sayti u yerdagi narxlar qayd qilingan bir qancha stend va javdallarni suratga olib, internetda joylashtirdi. Rasmlarda ko‘rinishicha, qurt narxi 1 200 tanga, 0.3 l suv 700 tanga, kruassan 900 tanga, chupa-chups 600 tanga, “Dirol” saqichi 500 tangani tashkil qilmoqda.

Ta'kidlanishicha, bu shunchaki rasmiy ma'lumotlar, xalqaro terminallar barlarida narxlar yanada yuqoriroq.

Ilk bora shu yilning aprelida yo‘lovchilardan biri mana shunday suratni internetga joylashtirgan edi. Unda bitta somsaning narxi 1000 tanga deb ko‘rsatilgan edi. Bu holat qizg‘in bahslarga sabab bo‘ldi, fuqarolar aeroport ma'muriyatiga va boshqa mas'ul shaxslarga murojaatlar yog‘ildi.

Tuman boshqarmasi 2 oy tekshiruv o‘tkazdi, lekin holatni yaxshilay olmadi. Faqatgina xaridlarga chek rasmiylashtirmayotgan sotuvchilarga nisbatan chora ko‘rildi.
Shu bilan birga, rasmiylar yangi tekshiruvning o‘tkazilmasligini bayon qildilar.

Top