Bugun, 8 oktabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2018 saralashi doirasida Bahrayn terma jamoasi mehmoni bo‘ladi.
Samvel Babayan boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi "Bahrayn Milliy" stadionida mezbonlarga qarshi maydonga tushishadi.
Bugungi o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi. SPORT telekanali uchrashuvni jonli ko‘rsatish borasida ish olib bormoqda.
Uchrashuvni yaponiyalik Tojo Minoru boshchiligidagi hakamlar boshqarib borishadi.
Kecha Samvel Babayan va Marat Bikmayev o‘yinoldi matbuot anjumanida ishtirok etishdi.
Bahsda o‘zbekistonlik futbolchilar ko‘k rangli formada o‘ynaydi.
Manba: championat.asia