20:20 / 08.10.2015
6654

«Paxtakor»ning to‘rt nafar a'zosi PFL tartib-intizom qo‘mitasi tomonidan jazolandi

O‘zbekiston professional futbol ligasi tartib intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishida bir qator futbolchi, murabbiy va klub a'zolari jazoga tortilishdi.

Bu safar Toshkentning «Paxtakor» klubi Farg‘onaning «Neftchi» klubiga qarshi uchrashuvdagi harakatlari tufayli klubning to‘rt nafar a'zosi jazoga tortildi. Quyida tartib-intizom qo‘mitasining qarori bilan tanishib chiqish mumkin.

Oliy liga bo‘yicha
«Olmaliq» murabbiyi Gennadiy Denisov 22-turning «Qizilqum»ga qarshi o‘yinida hakamlar brigadasiga haqoratli so‘zlarni ishlatgani uchun 2ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi va keyingi safar kabi holatlar takrorlanganda jazo choralari kuchaytirilishi haqida ogohlantirildi.
«Bunyodkor» himoyachisi Xayrulla Karimov 24-turdan o‘rin olgan «Mash'al»ga qarshi o‘yinda qanot hakamini haqort qilgani uchun 2ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.
«Paxtakor» yarim himoyachisi Kaxi Maxaradze 24-turning «Neftchi»ga qarshi o‘yinida raqibning yuziga tepgani uchun 2ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.
«Paxtakor» himoyachisi Murod Xolmuhammedov «Neftchi»ga qarshi o‘yin tugagach yordamchi hakamni nomaqbul so‘zlar bilan haqorat qilgani uchun 2ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.
«Paxtakor» bosh murabbiyi No‘'mon Hasanov 24-turdan o‘rin olgan «Neftchi»ga qarshi o‘yin tugagach hakamlarni haqorat qilgani uchun jarimaga tortildi.
«Paxtakor» ma'muri Davron Saidov 24-turining «Neftchi»ga qarshi o‘yini tugagach agressiv harakat qilgani va hakamlarni haqorat qilgani uchun 2ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.
«Neftchi» yarim himoyachisi Mansur Saidov 24-turdan o‘rin olgan «Paxtakor»ga qarshi o‘yinda o‘yin to‘xtatilgan vaziyatda raqibning yuziga urgani uchun 3ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.

Yoshlar ligasi bo‘yicha
«Qizilqum» yarim himoyachisi Sevdiyer Hamroqulov 22-turdan joy olgan «Olmaliq» bilan o‘yinda hakamni haqorat qilgani uchun 2ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi.
«Qizilqum» hujumchisi Ruslan Sanayev 23-tur doirasidagi «Qo‘qon-1912»ga qarshi o‘yinda raqibga nisbatan o‘ta qo‘pol harakat qilgani uchun 3ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi
Birinchi liga bo‘yicha
«G‘ijduvon» himoyachisi M. Qosimov 8-turdagi «O‘z-Dong-Ju»ga qarshi o‘yinda raqibga nisbatan o‘ta qo‘pol harakat qilgani uchun 3ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi.

Top